AQSh saylovdan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsada Toqayev bilan ishlashga tayyor

AQSh saylovdan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsada Toqayev bilan ishlashga tayyor

AQSh Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alaba qilgan Qosim-Jomart Toqayev bilan ishlashga tayyor, garchi elektoral jarayon yetarlicha raqobat sharoitida o‘tmadi, deb hisoblasa ham, deya bayonot berdi AQSh davlat departamenti.

Qozog‘istonda 20 noyabr kuni muddatidan avval prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, unda 81,31 foiz ovoz olib amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev g‘alaba qildi.

"Biz umumiy maqsadlarni ilgari surish uchun prezident Toqayev va uning hukumati bilan ishlash imkoniyatarini ko‘rayapmiz", - deyiladi Amerika tashqi siyosat idorasi tarqatgan xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, AQSh Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) dimokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) e’lon qilgan dastlabki baholariga qo‘shiladi. Unda saylov kuni tinch sharoitda o‘tgani ta’kidlanib, jarayonning o‘ziga "sezilarli siyosiy raqobat" yetishmagani aytiladi.

"AQSh Qozog‘iston hukumatini kelgusi ovoz berishlarda, jumladan 2023 yilda bo‘ladigan parlament saylovlarida DIIHB tavsiyalarini qabul qilishga chaqiradi", - deyiladi xabarda.

AQSh Toqayev tomonidan taklif etilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va hukumatni ularni to‘laligicha amalga oshirishga chaqiradi, deyiladi davlat departamenti tarqatgan bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!