AQSh Rossiyadan voz kechmagan Turkiyaga bosim o‘tkazish yo‘lini topdi

AQSh Rossiyadan voz kechmagan Turkiyaga bosim o‘tkazish yo‘lini topdi

AQSh hukumati Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Senatning xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi Robert Menendez Anqara Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi uchun ovoz berishni istamasligini izohlar ekan, ogohlantirdi.

The Washington Post gazetasining yozishicha, NATO monitoring guruhi hamraisi Tom Tillis AQSh Turkiyaga ta’sir o‘tkazish uchun "barcha vositalar"ga ega ekanligini qo‘shimcha qildi. Biroq, senatorning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “vaziyatni bunday holatga keltirmoqchi emas”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shvesiya va Finlyandiyaning NATO a’zoligi bo‘yicha arizalar bo‘yicha muzokaralarni bloklagani haqida xabar berilgandi.

Shundan so‘ng Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Stokgolm va Xelsinkining alyansga qo‘shilishi masalasida AQSh va Turkiya hamkorlikda ish olib borishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!