AQSh razvedkasi Eron mojaroni davom ettirish rejasida ekanini aniqladi — The New York Times
AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Yaqin Sharqdagi nishonlarga zarba berish qobiliyatiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilmoqda. «Nyu-York Tayms» manbalariga tayanib yozishicha, Tehron mojaroni jiddiy ravishda avj oldirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Bir nechta amerikalik amaldorning aytishicha, bunday sharoitda mojaroni yakunlash qiyin bo‘ladi. Ularning fikricha, Eron AQSh bilan qandaydir kelishuvga erishishga tayyor emas va AQShdagi oraliq saylovlar arafasida Donald Trampning siyosiy muammolarini yanada kuchaytirishga harakat qilishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, yaqin haftalarda Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga yangi hujumlar uyushtirishi, shuningdek, Hurmuz bo‘g‘ozidagi kemalarga zarba berishi mumkin.
