AQSh rasmiysi Ukrainaga tinchlik evaziga hududining 20 foizini Rossiyaga berishni taklif qildi

AQSh rasmiysi Ukrainaga tinchlik evaziga hududining 20 foizini Rossiyaga berishni taklif qildi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns Kiyevga tinchlik kelishuvi evaziga Ukraina hududining qariyb 20 foizini Rossiya tomoniga berishni taklif qildi, deb yozadi Neue Zürcher Zeitungco nomi oshkor etilmagan yuqori martabali manbalarga tayanib.

NZZ xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden yanvar oyi o‘rtalarida Markaziy razvedka boshqarmasi rahbariga ushbu taklif bilan Moskva va Kiyevga murojaat qilishni buyurgan. Nashrning yozishicha, ikkala tomon ham bu variantdan bosh tortgan.

Faqat Berns missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin Bayden Ukrainani Abrams tanklari bilan ta’minlashga qaror qildi, deb yozadi NZZ.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!