AQSh rahbari Isroil bosh vaziri bilan suhbat paytida uyquga ketdi

AQSh rahbari Isroil bosh vaziri bilan suhbat paytida uyquga ketdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Naftali Bennett bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida uxlab qoldi. Bu haqda Middle East nashri xabar bermoqda.

Bayden va Bennet o‘rtasida muzokaralar AQShda bo‘lib o‘tmoqda. Matbuot anjumanida Isroil hukumati rahbari Amerika va Isroil xalqlari do‘stligining yangi bosqichi haqida gapirdi. Bu vaqtda AQSh rahbari ko‘zlarini yumib, oldida harakatsiz o‘tirdi.

CNN muxbiri Deniyel Deyl AQShning uxlab yotgan prezidenti haqidagi xabarni tvitterda "bema’nilik" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden nafaqat uyg‘oq bo‘lgan, balki suhbatdoshga "darhol javob qaytargan".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!