AQSh qurol-yarog‘ zaxiralarini qayta tiklash uchun kamida to‘rt yil kerak bo‘ladi

AQSh qurol-yarog‘ zaxiralarini qayta tiklash uchun kamida to‘rt yil kerak bo‘ladi

Harbiy tahlilchilarning fikriga ko‘ra, AQShga Eronga qarshi harbiy operasiya va boshqa maqsadlarda sarflangan qurol-yarog‘ zaxiralarini qayta tiklash uchun kamida to‘rt yil kerak bo‘ladi. Bu haqda The Hill nashri yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Eronga qarshi operasiyaning birinchi bosqichida AQSh harbiylari «juda katta miqdordagi o‘q-dorilar»ni sarflab yuborgan. AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari Bred Kuperning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish vaqtiga kelib 13 mingdan ortiq yuqori aniqlikdagi qurol-yarog‘ vositalari qo‘llanilgan.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) tahliliga tayangan maqolada ta’kidlanishicha, AQSh o‘z ixtiyoridagi «Patriot» raketalari zaxirasining deyarli yarmini, «THAAD» majmualarining yarmidan ko‘pini va «Precision Strike Missile» raketalari zaxirasining 45% dan ortig‘ini ishlatib bo‘lgan.

Tahlilchilarning baholashicha, hatto Kongress tomonidan zarur moliyalashtirish ajratilgan taqdirda ham, arsenallarni qayta tiklash kamida to‘rt yil vaqtni oladi. Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiyaning qayta boshlanishi bu muddatni yanada uzaytirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб