AQSh prezidenti Jahon bankini Xitoyga kredit berishni to‘xtatishga chaqirmoqda

AQSh prezidenti Jahon bankini Xitoyga kredit berishni to‘xtatishga chaqirmoqda

Amerika davlati rahbari Donald Tramp Jahon banki Pekinga kredit bermasligi kerak, deb hisoblaydi, chunki Xitoy rasmiylari, uning fikricha, hech qanday mablag‘ga muhtoj emas.

"Nima uchun Jahon banki Xitoyga qarz bermoqda? Xitoyda yetarlicha pul bor va agar pul yetarli bo‘lmasa, uni yaratadilar. Buni to‘xtatish kerak!" - dedi Amerika yetakchisi o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun shu hafta boshida AQSh Savdo vazirligi rahbari Uilbur Ross “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida agar tomonlar 15 dekabrgacha savdo bitimi bo‘yicha kelishuvga erisha olmasalar, AQSh Xitoydan olinadigan bir qator tovarlar bojlarini ko‘tarishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!