AQSh Polshaga beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yuboradi

AQSh Polshaga beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yuboradi

Oltita qiruvchi samolyot Alyaskadan Buyuk Britaniyadagi Leykenxit havo kuchlari bazasiga yetib keldi. Samolyotlar Polshaning Lask shahridagi havo bazasiga parvozini davom ettiradi. Ularning vazifasi NATOning sharqiy qanotidagi Rossiya harakatlarining oldini olishdir.

Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau avvalroq xabar berganidek, Polshada muhandislik qo‘shinlari, shuningdek, Sky Sabre havo mudofaasi tizimiga xizmat qiluvchi dengiz piyodalari va bo‘linmalaridan tashqari 700 ga yaqin britaniyalik harbiy xizmatchilar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!