AQSh NASAMS havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga topshirishni rejalashtirmoqda

AQSh NASAMS havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga topshirishni rejalashtirmoqda

Qo‘shma Shtatlar allaqachon HARM antiradar raketalarining ikkinchi partiyasini Ukrainaga topshirmoqda, ularni MiG qiruvchi samolyotlari bilan integrasiya qilish amalga oshirildi. AQSH, shuningdek, NASAMS havo mudofaa tizimlarini ikki-uch oy ichida Ukrainaga topshirishni rejalashtirmoqda, dedi Pentagon.

AQSh “barcha imkoniyatlarni” ko‘rib chiqmoqda, chunki u Ukraina havo kuchlari kelajakda qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi savollarni hal qilmoqda. AQShning yangi harbiy yordam paketi Ukraina qurolli kuchlarining, ayniqsa mamlakat janubida harakatchanligini oshiradi, deya qo‘shimcha qildi Pentagon.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!