AQSh ma’muriyati rasmiylari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashmaydi

 AQSh ma’muriyati rasmiylari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashmaydi

Bu haqda AQShning BMTdagi vakili Linda Tomas-Grinfild bugun BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati "Ukrainaning Rossiyaning asossiz bosqinidan o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi".

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ham Lavrov bilan hech qanday muloqotni rejalashtirmaganligini aytgan edi.

Bugun Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi boshlandi va Ukrainadagi vaziyat uning asosiy mavzusi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!