AQSh ma’muriyati Eron urushi bo‘yicha yangi qadamlarni muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli vakillari Kemp-Devidda yig‘ilib, Eron bilan urushdagi keyingi qadamlarni muhokama qildi. Bu haqda Axios uch nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.
Uchrashuvga AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens rahbarlik qilgan. Unda Davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Xegset, Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil Stiv Uitkoff, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff hamda Qo‘shma shtablar boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keyn ishtirok etgan.
Manbalarga ko‘ra, uchrashuvda AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaroning keyingi rivoji, shuningdek, Eron qo‘llab-quvvatlayotgan husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik muhokama qilingan.
AQSh amaldorlaridan biri yig‘ilishda keng ko‘lamli masalalar atroflicha ko‘rib chiqilganini ma’lum qilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
