AQSh Kongressida yarim asr ichida birinchi marta noma’lum uchuvchi ob’ekt haqida xabar berildi

AQSh Kongressida yarim asr ichida birinchi marta noma’lum uchuvchi ob’ekt haqida xabar berildi

AQSh Kongressi noma’lum uchuvchi jismlar bo‘yicha yarim asr ichida birinchi tinglovlarni o‘tkazdi.

Harbiy-dengiz razvedkasi direktori o‘rinbosari Skott Brey NUJ bilan uchrashuvning videotasvirini ko‘rsatgan.

Skott Brey AQSh harbiy-dengiz kuchlarining qiruvchi samolyoti o‘quv parvozida sharsimon jismni ko‘rgani haqida gapirgan. Samolyot noma’lum jism yonidan uchib o‘tib, uni videoga olgan. Ob’ekt samolyot yonidan tezda uchib o‘tgan.

– Bu biz tushuntirib bera olmaydigan hodisalardan, menda bu ob’ekt nima ekanligi haqida hech qanday izoh yo‘q. Ammo bizda tushuntirishning iloji bo‘lmagan bir qator voqealar mavjud, ammo mavjud ma’lumotlar bilan ularni tushuntira olmaymiz, – degan Skot Brey.

U shuningdek, 2000 yillarning boshidan beri harbiylar nazorati ostidagi hududlarda ruxsat etilmagan va noma’lum uchar ob’ektlar soni ko‘payganini aytgan.

Pentagon buni kuzatuv tizimlarining takomillashtirilgani va havo hududidagi ob’ektlarni aniqlash bilan bog‘liq deb hisoblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!