AQSh Kongressi Ukrainaga yordamni oshirishni taklif qilmoqda

AQSh Kongressi Ukrainaga yordamni oshirishni taklif qilmoqda

AQSh Kongressi Ukrainaga yordamni 40 milliard dollarga oshirishi mumkin.

Bunday qaror uchun 10 may kuni Kongressda ovoz berish niyatida.

Bloomberg nashrining yozishicha, qonunchilar prezidentning dastlabki so‘rovini oshirib, qo‘shimcha 3,4 milliard dollar harbiy yordam va yana 3,4 milliard dollar gumanitar yordam ko‘rsatishni nazarda tutgan.

Oq uyning may oyining uchinchi haftasigacha Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini aytganidan keyin yordam bo‘yicha tezkor kelishuv qarori qabul qilingan.

Jarayonni tezlashtirish uchun Vakillar palatasi ushbu hujjatni Baydenning COVID-19 ga qarshi kurash uchun pul so‘rash haqidagi boshqa so‘rovidan alohida ovoz berishga rozi bo‘ldi. Keyingi qadam Senatda ovoz berish bo‘lishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!