AQSh Isroilga 2,8 milliard dollarlik aviabomba sotishni rejalashtirmoqda

AQSh Isroilga 2,8 milliard dollarlik aviabomba sotishni rejalashtirmoqda

Tramp ma’muriyati Isroilga taxminan 2,8 milliard dollarlik og‘ir bombalar partiyasini sotishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda The Washington Post gazetasi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, "Tramp ma’muriyati Isroilga 2000 funtlik (taxminan 907 kg - tahr.) bombalarni sotish bo‘yicha ko‘p milliard dollarlik bitim tayyorlamoqda, bu so‘nggi yillardagi eng yirik bitim bo‘lishi mumkin".

The Washington Post manbalariga ko‘ra, savdo 20 000 ta MK-84 bombasi, 20 000 ta BLU-117 bombasi va shuncha miqdordagi I-2000 nomi bilan ham tanilgan BLU-109 teshuvchi bombalarini o‘z ichiga oladi.

Nashrning tushuntirishicha, bitim xorijiy davlatlarga Amerika qurollarini sotib olish uchun grantlar va kreditlar beradigan mexanizm bo‘lgan Chet el harbiy moliyalashtirishi yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Gazeta manbalariga ko‘ra, bitim taxminan 2,8 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки