AQSh faqat vaksina olganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda

AQSh faqat vaksina olganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda

AQSh hukumati ishlab chiqayotgan rejaga muvofiq, mamlakat hududiga kirayotgan barcha chet elliklar, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan bo‘lishi kerak.

Rejaning AQSh o‘z chegaralarini qaytadan ochadigan vaqtga qadar tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Hukumatning bu boradagi rejalari to‘g‘risida Oq uy vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.

Hozirda mamlakatga uchib kelayotgan chet elliklar va AQSh fuqarolaridan koronavirusga salbiy PSR-test yoki COVID-19 dan tuzalgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilinadi. Eron, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa ayrim davlatlardan sayyohlarning mamlakatga kirishi taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!