AQSh Eronning uchta tankeriga zarba berdi

AQSh Eronning uchta tankeriga zarba berdi

AQSh Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KQIR) tomonidan Amerika harbiy kemalari tomon ballistik raketalar uchirilganidan so‘ng, Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, avianoses va esmines raketa hujumlaridan qochishga muvaffaq bo‘lgan, amerikalik harbiylar orasida qurbonlar yo‘q.

Bunga javoban AQSh kuchlari M/T Downy tankerini Harq oroli yaqinida, M/T Stark 1 tankerini esa Jask hududida safdan chiqargan. Ummon qo‘ltig‘ida yuksiz turgan uchinchi tanker — M/T Kylo esa zarbalar natijasida butunlay yo‘q qilingan.

Vashington ushbu kemalar KQIR va u bilan bog‘liq qurolli guruhlarni moliyalashtiruvchi, milliardlab dollarlik «soya tarmog‘i» bilan aloqador ekanini bildirdi.

Pentagon rahbari Pit Xegset Eron tomonidan AQSh kemalariga yangi hujumlar uyushtirilsa, Vashington Eron tanker flotiga qarshi zarbalarni davom ettirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Eron rasmiylari esa AQSh hujumlariga keskin javob berishga va’da berdi. Vaziyat Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotgan bir paytda keskinlashmoqda. Mazkur bo‘g‘oz jahon neft ta’minoti uchun strategik ahamiyatga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!