AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh harbiylari Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) ob’ektlariga yangi zarbalar berdi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

Qo‘mondonlikka ko‘ra, hujumlar KSIRning Hurmuz bo‘g‘ozida savdo kemalari va mintaqaga joylashtirilgan amerikalik harbiylarga qarshi hujum qilishga uringaniga javob bo‘lgan.

Bu AQSh va Eron o‘rtasida bir oydan ortiq vaqt ichidagi birinchi o‘zaro zarba almashinuvidan keyingi yangi hujumdir. Avvalroq Eron Iordaniya va BAAdagi Amerika harbiy ob’ektlariga raketa zarbalari berganini, AQSh esa Eronning Larak orolidagi raketa qurilmalariga hujum qilganini bildirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning keyingi harakatlari «juda cheklangan» bo‘lishini aytdi. U Eronning harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga katta zarar yetkazilganini ta’kidladi.

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi ochiq ekanini aytgan bo‘lsa-da, kemalar harakati urushdan oldingi darajaga nisbatan ancha pasaygan.

Avvalgi zarbalardan so‘ng jahon neft narxlari qariyb 3 foizga oshgan, AQSh fond bozorlarida esa pasayish kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг ф