AQSh Eronga ehtimoliy hujumlarni kuchaytirish uchun Isroilga qo‘shimcha samolyotlar jo‘natmoqda — Axios
Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarshi harbiy harakatlarni kengaytirish ehtimoli uchun mamlakatga yana o‘nlab yonilg‘i quyish samolyotlarini yuborishi haqida Isroilni ogohlantirdi. Bu haqda Axios AQSh va Isroil rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Isroilda, Tel-Aviv yaqinidagi Ben-Gurion aeroportida 30 ga yaqin AQSh yonilg‘i quyish samolyoti va mamlakat janubidagi Ramon aeroportida taxminan shuncha samolyot joylashtirilgan. Isroil rasmiylari AQSh yonilg‘i quyish samolyotlari sonini Eron bilan urush boshlanishidagi darajaga yetkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Tramp Eronga nisbatan keng ko‘lamli hujumlar variantini ko‘rib chiqmoqda. Bunday variantlar orasida Eron infratuzilma ob’ektlariga, jumladan, elektr stansiyalariga zarba berish, Eron yadroviy ob’ektlariga yangi hujumlar uyushtirish va Pikaks tog‘ida qurilayotgan majmuaga zarbalar berish bor.
Tramp hali yakuniy qarorga kelmagan. U yaqin kunlarda nizoni kuchaytirish haqida buyruq berishi mumkin, deydi Axios manbalari.
