AQSh davlat qarzi rekord darajada ko‘tarildi

AQSh davlat qarzi rekord darajada ko‘tarildi

G‘aznachilikning 3 oktyabr holatidagi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh hukumatining umumiy qarzi 31 trillion dollardan oshdi.

Bu 1993 yildan beri kuzatilgan davlat qarzining maksimal miqdori. O‘sha payt 4.3 trillion bo‘lgan qarz doimiy ravishda o‘sib bordi va 2022 yil oktyabr oyiga kelib, 31.12 trillionga yetdi. Ushbu miqdordan AQShning ichki qarzi 6.82, qolgan davlat qarzi 24.29 trillion dollarni tashkil etadi.

Prezident Jo Bayden o‘tgan yil oxirida joriy qarz chegarasi 31.4 trillion bo‘lishini ma’qullagan edi.

Fevral oyi boshida davlat qarzi 30 trillion dollardan oshgandi. “New York Times” gazetasi bu COVID-19 pandemiyasi oqibati bilan kurashga sarflangani haqida yozdi.

Iyun oyida Qo‘shma Shtatlarda inflyasiya bir necha o‘n yillikdagi eng yuqori darajaga yetib, 9 foizdan oshgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!