AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoniga keldi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoniga keldi

Saudiya qiroli Salmon bin Abdulaziz davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistoniga kelgan AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni rasmiy xabar agentligi SPA xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, qirol Salmon bilan Mayk Pompeo poytaxt Ar-Riyod shahrida uchrashdi.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi. Ar-Riyod va Vashingtonning mintaqadagi o‘zgarishlarga nisbatan pozisiyasi va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Pompeo tvitter orqali bildirgan izohida, AQSh hukumati Saudiya Arabistonining xavfsizligini ta’minlashga sodiq ekanligini qayd etish uchun Ar-Riyodga tashrif buyurishdan mamnun ekanligini ifoda etdi.

AQSh kotibligi qolaversa, Eronning mintaqadagi “qora niyatli” xatti-harakatlariga Saudiya Arabistoni bilan birgalikda qarshi chora ko‘rishda davom etishini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!