AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezident saylovlari bo‘yicha bayonot berdi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezident saylovlari bo‘yicha bayonot berdi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezident saylovlari bo‘yicha bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, AQSh «O‘zbekiston xalqining 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish huquqidan foydalanganini qo‘llab-quvvatlaydi».

Davlat departamenti YEXHT-DIIHB missiyasining ovoz berish tinch o‘tgani va saylovchilarning yuqori faolligi bilan tavsiflangani haqidagi kuzatuviga qo‘shildi. Shu bilan birga AQSh YEXHT missiyasining saylovlar haddan tashqari cheklangan siyosiy muhitda o‘tgani va saylovning muhim kafolatlariga e’tibor qaratilmagani haqidagi fikrlariga qo‘shilishini ta’kidladi.

Davlat departamenti O‘zbekiston hukumatining YEXHT-DIIHB kuzatuv missiyasi bilan hamkorligini ma’qulladi va YEXHTning saylovlar, fuqarolik va siyosiy huquqlarni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalarini amalga oshirishga chaqirdi.

«Biz O‘zbekiston hukumati bilan ushbu va boshqa ko‘plab ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz», — deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!