AQSh albatta Zelenskiyga xoinlik qiladi – Jabarov

AQSh albatta Zelenskiyga xoinlik qiladi – Jabarov

Vashington Xitoydan yordam olishga intilib, o‘zining sodiq ittifoqchisi - Tayvanni mohiyatan “taslim qildi”.

AQSh Vladimir Zelenskiy va uning rejimiga xoinlik qiladi, chunki ular shu paytgacha boshqa ittifoqchilarga shunday qilgan. Bu haqda Federasiya Kengashi xalqaro ishlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi. RIA Novosti.

“Vashington Xitoydan yordam olishga intilib, o‘zining sodiq ittifoqchisi - Tayvanni mohiyatan “taslim qildi”. Xuddi AQSh bir vaqtlar Misrda prezident Muborakni taslim qilganidek va yaqinda ular tomonidan Afg‘onistonda qo‘g‘irchoq rejim yaratilganidek. Bilasizmi, AQSh bundan keyin kimga xoinlik qiladi? To‘g‘ri, Zelenskiy va uning Ukrainadagi rejimiga”, deb yozgan u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!