AQSh Al-Qoida rahbarlari haqida ma’lumot berganlik uchun $10 mlngacha mukofot e’lon qildi
AQSh Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, Erondan boshpana sifatida foydalanib, AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi hujumlarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etayotgan Al-Qoida tashkilotining yuqori lavozimdagi 8 nafar rahbari haqida ma’lumot uchun mukofot e’lon qildi. Qidirilayotganlardan biri uchun mukofot miqdori $10 mlngacha yetishi mumkin.
Bundan tashqari, «Rewards for Justice» dasturi Hind yarimorolidagi Al-Qoida (AQIS)ning ikki nafar rahbari haqida ma’lumot uchun ham mukofot belgilladi. AQSh hukumatiga ko‘ra, ular AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi hujumlarni rejalashtirgan va amalga oshirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

