AQSh afg‘on qochqinlariga yordam uchun qariyb bir milliard dollar ajratmoqda

AQSh afg‘on qochqinlariga yordam uchun qariyb bir milliard dollar ajratmoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden afg‘on qochqinlarini joylashtirish operasiyalari uchun AQSh federal byudjetidan qariyb 1 milliard dollar ajratishni ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari Konstitusiyasi va qonunlariga binoan menga prezident sifatida berilgan vakolatdan foydalandim. Men afg‘on mamlakatining milliy manfaatlari uchun favqulodda ehtiyojlarni qondirish maqsadida 976,1 million dollargacha yordam berish muhim deb bilaman", - deydi Jo Bayden.

Ajratilgan pullar "Xush kelibsiz, ittifoqchilar" operasiyasi va Davlat departamentining boshqa tegishli sa’y-harakatlari, jumladan, Afg‘onistondagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda xavf ostida bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha joyga ko‘chirish maqsadida sarflanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!