APL klubi Dibala bilan muzokara o‘tkazdi

APL klubi Dibala bilan muzokara o‘tkazdi

Yozgi transfer oynasida «Yuventus» bilan xayrlashishi ma’lum bo‘lgan Paulo Dibala yangi mavsumni Angliya Premyer-ligasida boshlashi mumkin.

Goal xabariga ko‘ra, «Yuventus» hujumchisi «Tottenhem» qiziqishlari doirasiga tushgan. London klubi sport direktori Fabio Paratichi argentinalik hujumchi bilan uchrashib, muzokara o‘tkazgan. Paratichi Turin klubidagi faoliyati orqali Paulo Dibala bilan tanish hisoblanadi. Antonio Konte ham «Yuve» forvardini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Avvalroq, «Roma» ustozi Joze Mourinyo Dibalani Rim klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi ekani haqida xabar qilingan edi.

Transfermarket portali 28 yoshli forvardni 40 mln yevroga baholagan. U yozda erkin agentga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!