Antonio Valenciya futbolchilik faoliyatini yakunladi

Antonio Valenciya futbolchilik faoliyatini yakunladi

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Antonio Valenciya futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 

«Old Trafford»da boshdan kechirganlarimni hech qachon unutmayman. Gollar, sovrinlar va muxlislar hech qachon yodimdan chiqmaydi. 

Bu kun tez orada keladi, deb o‘ylamagandim, ammo tanam mendan shunday qaror qabul qilishimni so‘radi.  Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilaman. Faoliyatim va hayotimning bir qismiga aylangan barchaga minnatdorchilik bildiraman», – deb yozadi 35 yoshli himoyachi «instagram»dagi sahifasida. 

Valensiya «MYu»da 2009 yildan 2019 yilgacha to‘p tepgan va jamoa bilan ikki bor APLda, bir martadan Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Yevropa Ligasida zafar quchgan. U Ekvador milliy jamoasida 99ta o‘yin o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!