Antiqa jazo: Hindistonda karantinni buzayotganlar koronavirusdan davolanayotgan shifoxonalarda ishlashga majbur qilinadi

Antiqa jazo: Hindistonda karantinni buzayotganlar koronavirusdan davolanayotgan shifoxonalarda ishlashga majbur qilinadi

Hindistonning Gvalior shahri ma’muriyati karantinni buzgan odamlarni koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga majburlaydi

Sanitariya-epidemiologik talablarga amal qilmayotganlar va niqob taqishni rad etayotganlar koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonalarda va polisiya blokpostlarida ishlatiladi. Ular koronavirusga qarshi kurashning old saflarida kamida 3 kun o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, qoidabuzarlar jarima ham to‘laydi.

Ushbu jazo Madxya-Pradesh shtatidagi koronavirusga qarshi kurash choralari doirasida kiritilmoqda. Shtat ma’muriyatida ta’kidlanishicha, xonadonma-xonadon yurilib, koronavirus alomatlari borlar ko‘zdan kechiriladi. 

Hindistonda koronavirusga qarshi kurash choralariga ko‘ra jamoat joylari yoki ish joyida niqob taqish majburiy qilingan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha 3-o‘ringa chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!