Antikorrupsiya agentligiga yangi vazifa yuklatildi

Antikorrupsiya agentligiga yangi vazifa yuklatildi

O‘zbekistondagi ichki yo‘llarni qurishga ajratilgan mablag‘larning sarflanishi Antikorrupsiya agentligi tomonidan nazorat qilinishi belgilandi.

O‘zbekiston Prezidentining «Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

Mazkur qaror bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga yana bir vazifa yuklatilgan.

Unga ko‘ra, agentlik 2022 yilda klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish ishlarini moliyalashtirish uchun mazkur qaror doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!