Antarktidada qadimiy ko‘l topildi

Antarktidada qadimiy ko‘l topildi

Antarktidada ulkan muz qatlami ostidan qadimiy ko‘p topildi. Suv havzasiga "Qorli burgut" deb nom berilgan.

Olimlar sun’iy yo‘ldoshlar yordamida olingan suratlar orqali muzliklardan birida yonida chuqurlik borligini ko‘rishgan. Shundan keyin georadarlar va magnitometrlar yordamida muz qatlami ostida ko‘l borligi tasdiqlangan.

"Ushbu ko‘l o‘zida Sharqiy Antarktida muz qatlamining butun tarixi – uning 34 million yil avval tug‘ilishi, rivojlanishi va evolyusiya jarayoniga oid ma’lumotlarni saqlaydi", deydi tadqiqotchilardan biri Don Blankeship.

Ko‘lning uzunligi 50 kilometr, eni 15 kilometr, chuqurligi 200 metrga teng. Suv havzasi ostidagi cho‘kindi qalinligi esa 300 metrni tashkil qiladi. Olimlar ushbu ko‘lning tarixini o‘rganish uchun hali juda ko‘p izlanishlar olib borish kerakligini ta’kidlaganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!