Antaliyadan uchgan samolyot bortida janjallashgan 5 yo‘lovchiga jinoyat ishi ochildi

Antaliyadan uchgan samolyot bortida janjallashgan 5 yo‘lovchiga jinoyat ishi ochildi

Uzbekistan Airways’ning Antaliyadan Toshkentga uchgan samolyotida 5 kishi mushtlashgani aytildi.

IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, voqea 15 iyul kuni amalga oshirilgan NU-372 reysida sodir bo‘lgan.

Yo‘lovchilarning 5 nafari — S.L, S.M, A.SH, K.T va K.N jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, samolyot bortida janjal chiqargan va buning oqibatida bir-birlariga yengil tan jarohatlari yetkazishgan.

Holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (mayda bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ta’kidlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!