Anqara o‘z fuqarosining o‘limi bo‘yicha Fransiyadan izoh kutyapti

Anqara o‘z fuqarosining o‘limi bo‘yicha Fransiyadan izoh kutyapti

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi turk fuqarosi Merter Keskinning Fransiya polisiyasining zo‘ravonlik harakatlari natijasida halok bo‘lganiga izoh berdi.

“Shubhasiz, Fransiya sodir bo‘lgan ushbu hodisa, ya’ni ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan, hibsga olish jarayonining so‘nggi kadrlarida tasvirlangan harakatlar qonunga to‘g‘ri kelmaydi. Shu nuqtai nazardan, turk fuqarosining o‘limi sabablari imkon qadar tezroq aniqlanishini kutamiz”, — dedi TIV matbuot kotibi Tanju Bilgich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning Fransiyadagi vakolatxonalari voqeadan xabardor bo‘lishi bilanoq marhumning oilasi bilan yaqin aloqa o‘rnatgan. "Ular (vakolatxona xodimlari) mazkur oilaga huquqiy va ma’naviy yordam berishda davom etmoqda", dedi Bilgich.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Anqara voqea atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Avval xabar berganimizdek, Onado‘li axborot agentligi Turkiya fuqarosi Merter Keskin Fransiya polisiyasining zo‘ravonlik harakatlari natijasida halok bo‘lgani haqidagi videoni yoyinlagandi. Hodisa 2021 yilning yanvar oyida Fransiya shimoli sharqidagi Selesta shahrida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!