Anna Malyar: Ukraina "Azovstal" da qamalda qolganlarni qutqarish bo‘yicha operasiyani boshladi

Anna Malyar: Ukraina "Azovstal" da qamalda qolganlarni qutqarish bo‘yicha operasiyani boshladi

Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi, Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Chegara xizmati "Azovstal" hududida qamalda qolgan Mariupol himoyachilarini qutqarish bo‘yicha operasiyani boshladi, deya xabar berdi Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar.

16 may kuni 53 nafar og‘ir yarador tibbiy yordam uchun "Azovstal"dan Novoazovskdagi tibbiyot muassasasiga evakuasiya qilindi. Yana 211 kishi gumanitar koridor orqali Olenevkaga olib ketildi.

"Azovstal" hududida qolayotgan himoyachilarga nisbatan yuqorida qayd etilgan boshqarmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan qutqaruv tadbirlari olib borilmoqda.

"Mariupol himoyachilari sharofati bilan biz zaxiralarni shakllantirish, kuchlarni qayta to‘plash va hamkorlardan yordam olish uchun vaqtga ega bo‘ldik. Mariupol himoyachilari qo‘mondonlik tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni bajarishdi. Afsuski, bizda "Azovstal"ni harbiy yo‘l bilan ozod qilish imkoni yo‘q. Butun Ukraina va butun dunyoning eng muhim umumiy vazifasi Mariupol himoyachilarining hayotini saqlab qolishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!