"Aniq.uz"ga murojaat: "Karantinda harbiy xizmatga yuborishmadi. Karantin tugagach esa yoshing o‘tdi, deyishyapti. Men nima qilay?"

"Aniq.uz"ga murojaat: "Karantinda harbiy xizmatga yuborishmadi. Karantin tugagach esa yoshing o‘tdi, deyishyapti. Men nima qilay?"

Tahririyatimizga Samarqand shahridadan murojaat kelib tushdi. Murojaatni e’tiboringizga haqola qilamiz.

"Sizga 1 oylik harbiy xizmat yuzasidan murojaat qilayotgan edim. 2021 yilning aprel oyida 26 yoshda ekanligimda harbiy xizmatning to‘lovini (4 775 690 so‘m) voyenkomat hisob raqamiga to‘ladim hamda universitetni iyul oyida bitirib, harbiy xizmatga avgust yoki sentyabr oylarida borib kelmoqchi edim, sababi oktyabr oyida 27 yoshda bo‘lardim.

2021 yilning avgust-sentyabr oylarida Respublika bo‘ylab voyenkomatlar harbiy xizmatga yuborishmadi, sababi esa karatin joriy etilganligini aytishdi. 2021 yilning iyul oyida Mudofaa vizirligining tegishli bo‘limi menga telefon qilib, voyenkomatlarda karantin tugagach, armiyaga yuborilishimizni ma’lum qilishdi. Karantin oktyabr oyida tugagach esa biz 27 yoshga kirganligimiz bois armiyaga borishimiz qonuniy jihatdan imkonsiz ekanligini aytishdi. O‘shandan buyon ko‘p bora armiyada xizmat qilishimiz haqidagi talablarimizni inkor etishmoqda.

Hurmatli «aniq.uz» kanali admini, kanalingizda ushbu muammoni kengroq yoritsangiz, Respublikamizda bugungi kunda xuddi menga o‘xshab voyenkomatning barcha talablarini bajargan bo‘lsa-da, armiyaga bora olmayotgan 460 nafardan ziyod yigitning masalasi hal bo‘lgan bo‘lardi.

Masalaning yana bir tomoni shundaki, 2020 yilning aprel-may oylarida ham barcha voyenkomatlarda karantin joriy etilgan. 2020 yilgi holatda, karantindan so‘ng aynan shu oylarda 27 yoshga kirgan chaqiriluvchilarga iyun oyidan boshlab harbiy xizmatni o‘tab kelishlariga ruxsat berishgan", deyiladi murojaatda.

Umid qilamizki, tegishli tashkilotlar ushbu murojaatni o‘rganib, muammoni hal qilishadi. Mutasaddilardan javob kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!