"Aniq.uz"ga javob keldi: tez tibbiy yordam xodimlariga pul qonuniy to‘langan

"Aniq.uz"ga javob keldi: tez tibbiy yordam xodimlariga pul qonuniy to‘langan

"Aniq.uz"ga yo‘llangan murojaatga ko‘ra, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tez tibbiy yordam xodimlariga, xususan, hamshiralarga belgilangan bir martalik rag‘batlantirish pullari to‘liq berilmaganligi iddao qilingan. Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 458-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklarini rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma xatiga asosan rag‘batlantirish mablag‘lari isoblab to‘langan.

Mazkur qaror va ko‘rsatma xatga ko‘ra mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni yaxshilash va aholi salomatligining barqarorligini ta’minlash, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish tadbirlariga jalb qilingan tez tibbiy yordam chaqiruv brigadalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot va boshqa hodimlarga bir martalik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarni quyidagi; 

vrachlarga - 5.0 mln. so‘m;

o‘rta tibbiyot xodimlari (feldsher-hamshira) va kichik tibbiyot xodimlariga - 4.0 mln. so‘m;

tez tibbiy yordam avtomobili(reanimobil) haydovchilarga - 3.0 mln. co‘m miqdorlarda amalga oshiriladi.

Shuningdek, ushbu tadbirlarga tegishli respublika va hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalarining buyruqlari asosida tegishli ro‘yxatga kiritilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga bevosita jalb qilingan tez tibbiy yordam chaqiruv brigadalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan joriy yilning 1 iyuliga qadar ishga qabul qilingan tibbiyot va boshqa xodimlarning (maxsus brigadalar xodimlari bundan mustasno) shtat birligiga mutanosib biroq bir shtat birligidan ortiqcha to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda, agar xodim ikki va undan ortiq tez tibbiy yordam brigadalarida kunlik grafik taqsimotlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bir martalik rag‘batlantirish to‘lovlari xodimning ishlayotgan asosiy joyi hisobidan to‘lanadi.

Ko‘rinib turibdiki, tez yordam brigadalarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga rag‘batlantirish to‘lovlari shtat birligiga mutanosib ravishda to‘lab berilgan. Ya’ni 1.0 stavkada ishlovchi hamshiraga 4.0 mln so‘m 0.5 stavkada ishlovchi hamshiraga 2.0 mln so‘m rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lab berilgan.

Ya’ni, To‘raqo‘rg‘on tuman tez tibbiy yordam chaqiruv brigadalarida  89.25 stavka feldsher-hamshira shtati mavjud bo‘lib, bu shtatlar uchun VSSBdan 357 mln. so‘m moliyalashtirilgan. (89.25*4000=357 mln so‘m). To‘raqo‘rg‘on TTB tez  tibbiy yordam chaqiruv brigadalarida ushbu 89,25 stavkada 163 nafar jismoniy shaxs faoliyat olib borishi sababli 89,25 stavka uchun ajratilgan 357 mln. so‘mni 163 ta jismoniy shaxsga taqsimlanganda 2 mln. 190 so‘mdan  to‘g‘ri kelgan. 

To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati berilayotgan rag‘batlantirish pullari tejalishidan manfaatdor emas. Norozi tomon bu haqda avval TTBga murojaat qilganida tegishli ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lar edi. Zero, har qanday masalalar ijtimoiy tarmoqlar vositasida emas, tegishli muassasalarda xal etilishini unutmaslik kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!