“Anhor kafesi” hududida qurilish ishlari to‘xtamagani sababli hujjatlar prokuraturaga topshirildi

“Anhor kafesi” hududida qurilish ishlari to‘xtamagani sababli hujjatlar prokuraturaga topshirildi

Ogohlantirishga qaramasdan madaniy meros ob’ekti hududida qurilish ishlari to‘xtamadi. Hujjatlar prokuraturaga topshirildi.

Bir qator OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Navoiy ko‘chasida joylashgan madaniy meros ob’ekti “Anhor kafesi” buzilayotganligi haqida xabar e’lon qilindi.

Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Boshqarmaning bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashi ruxsatisiz qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rnatilgan tartibda holatga qonuniy chora ko‘rish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent shahar prokuraturasiga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi tomonidan qurilish tashkilotiga ogohlantirish berildi.

Qonunbuzilishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun tegishli sudga da’vo arizasi kiritish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!