Angela Merkel Rossiyaga tashrif buyuradi

Angela Merkel Rossiyaga tashrif buyuradi

Ma’lum bo‘lishicha, buni Germaniya hukumati vakili Shteffen Zayberg brifingda aytib o‘tgan. «Merkel 20 avgust kuni Moskvaga boradi. Dastur tafsilotlari kelasi hafta e’lon qilinadi, lekin u prezident Putin bilan uchrashishi aniq», — degan Zayberg.

Moskvaga ko‘ra, Rossiya rahbari Merkel bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilish niyatida. Bundan tashqari, 22 avgust kuni Ukrainaga tashrif ham rejalashtirilgan. Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforovning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda «Shimoliy oqim-2» va Donbassdagi vaziyat muhokama qilinadi.

Merkel chet elga kansler sifatida ohirgi tashriflaridan birini amalga oshirmoqda. Sentyabr oyida Germaniyada saylovlar bo‘lib o‘tadi.

https://ria.ru/20210813/merkel-1745619192.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!