Angela Merkel kansler sifatida so‘nggi marta Putin bilan uchrashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi

Angela Merkel kansler sifatida so‘nggi marta Putin bilan uchrashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi

Germaniya kansleri Angela Merkel bugun Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, Angela Merkel esa qonunchilikka ko‘ra yangi muddatga nomzodini qo‘ya olmaydi. Natijada, Germaniyada uning 15 yillik boshqaruvidan so‘ng hokimiyatga yangi Kansler keladi.

Demak, bugun Putin bilan 3 soatga cho‘zilgan muzokaralardan so‘ng tomonlar jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Quyida Germaniya kansleri Angela Merkelning javoblaridagi eng muhim jihatlarini keltiramiz:

— Oradagi bir qancha tushunmovchiliklarga qaramasdan, biz doimo Rossiya bilan muloqotda bo‘ldik va umid qilamanki bunda o‘z munosib hissamni qo‘sha oldim;

— Tolibonning Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga olishi asabiylashtiruvchi holat. Bizning ustuvor maqsadimiz Germaniyaga yordamlashgan afg‘onlarni qutqarishdir;

— Men Vladimir Putindan, Rossiya va Tolibon o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida insonparvarlik masalalariga e’tibor qaratishini so‘radim;

Ukraina masalasidagi jarayonlarda turg‘unlik bor, "Normandiya formati" ishida ortga ketish kuzatilmoqda, ammo ushbu formatdan voz kechish kerak emas;

— Biz Rossiya Ukraina orqali tabiiy gaz tranzitini 2024 yildan so‘ng ham davom ettirishi kerak, deb hisoblaymiz;

— Nemis notijorat tashkilotlarining "persona non grata" ro‘yxatiga kiritilganidan hafsalamiz pir bo‘ldi, ular ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi foydali bo‘ladi;

— Biz Navalniyga chiqarilgan hukmni qabul qilib bo‘lmas, deb hisoblaymiz. Men uning ozod etilishini talab qildim. Biz bundan keyin ham bu ishni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!