Andijonlik 92 nafar imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga “ID” kartalar rasmiylashtirilib berildi

Andijonlik 92 nafar imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga  “ID” kartalar rasmiylashtirilib berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikasiya ID kartalarni joriy etish to‘g‘risida”gi PF-6065 sonli Farmoni talablari asosida, Andijon viloyati IIB MvaFRB hamda uning joylardagi xizmatlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jami 58 ming 181 nafar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosininig identifikasiya “ID” kartalari rasmiylashtirilib berildi.

Xususan, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB MvaFR bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 9 ming 7 nafar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikasiya “ID” kartalari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 2021 yil 6 sentyabr kuni tasdiqlangan rejaga asosan Andijon viloyati IIB MvaFRB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB MvaFRB xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, jami 92 nafar Andijon shahar “SAXOVAT” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida istiqomat qilayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida mobil qurilma yordamida o‘sha erning o‘zida identifikasiya “ID” kartalari uchun talabnomalar shakllantirildi. Tayyor bo‘lgan identifikasiya “ID” kartalar shu yilning 20 sentyabr kuni ushbu “SAXOVAT” uyining o‘zida, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining maslahatchisi podpolkovnik O.N.Yuldashev, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi podpolkovnik D.T.Ismailov, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB MvaFRB boshlig‘i podpolkovnik S.D.Zayidovlar ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!