Andijondagi universitetda ayol 4-qavatdan tushib ketgani tasdiqlandi

A A A
Andijondagi universitetda ayol 4-qavatdan tushib ketgani tasdiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universitetining Tarix fakulteti binosining to‘rtinchi qavatidan homilador ayol tushib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Universitet ma’muriyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Haqiqatda bugun soat 14:00 atrofida Andijon davlat universiteti 1000 o‘rinli binosi 4 qavatidan ayol kishi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Holat quyidagicha sodir bo‘lgan. Bugun, 4 dekabr kuni ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uchun majlis o‘tkazilgan. Majlis universitetning 1000 o‘rinli binosi 4 qavatida joylashgan kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yig‘ilish bo‘layotgan vaqtda telefon bo‘lib qolgani sababli yig‘ilishdan chiqib, telefonda suhbatlashgan.

Ayni vaqtda shu qavatda binoning zinalarini yangi, baquvvatrog‘iga alishtirish uchun eskisi olib tashlanib, yangisini o‘rnatilish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lgan.

Ayol telefonda suhbatlashish jarayonida qurilish bo‘layotgan hududni anglatuvchi belgi va to‘suvchi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va e’tiborsizlik oqibatida tushib ketgan. Bunda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hudud to‘liq berkitib qo‘yilmaganligi, to‘siq lentalariga esa e’tibor bermasligi ham sabab bo‘lgan.

Hodisa yuz bergan vaqtning o‘zidayoq universitetning mas’ul xodimlari tomonidan shoshilinch tez yordam chaqirilib, fuqaro respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet ma’muriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ma’lumot uchun, ayol homilador bo‘lmagan.

Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha axborot berib boramiz, deb yozadi Andijon davlat universiteti axborot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!