Andijondagi ayanchli YTH yuzasidan ma’lumot

Andijondagi ayanchli YTH yuzasidan ma’lumot

🌐 Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Andijondagi ayanchli YTHda 3 nafar talaba halok bo‘lganligi aytilgan xabar yuzasidan ma’lumot

🔹Joriy yilning 21 sentyabr kuni soat 03:40 larda, Andijon viloyati, Johonobod M.F.Y hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 441-kilometrida haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan A.A. "Tracker" rusumli avtomobilda katta tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotib beton to‘siqqa urilgan.

🔹Natijada, haydovchi A.A. va yo‘lovchilar 2001 yilda tug‘ilgan A.YU. va I.A.lar ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

🔹Hodisa yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan yo‘llarda belgilangan qoidalarga rioya qilib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!