Andijonda yangi mikro GES ishga tushdi

Andijonda yangi mikro GES ishga tushdi

Andijon viloyatida yangi mikro G"S ishga tushiriladi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida quvvati 120 kilovatt bo‘lgan yangi mikro gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Stansiyada quvvati 30 kVtdan 4 ta gidroagregatlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida yiliga 1 mln. 052 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, - deyilgan xabarda.
Buning natijasida yiliga 600 ta xonadonni ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishiladi.
Ayni paytda mazkur GESda quvurlarni montaj qilish va sozlash hamda ishga tushirish ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda imzolagan qarorida 2017-2021 yillar davomida, O‘zbekistonda 42ta yangi gidro elektro stansiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish aytib o‘tilgan edi.

https://uzbektourism.uz/news/view?id=1873


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!