Andijonda xotini, qaynonasi va qaynukasini pichoqlagan erkak haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Andijonda xotini, qaynonasi va qaynukasini pichoqlagan erkak haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Avvalroq Andijon viloyatining Izboskan tumanida erkak xotinini, qaynonasi va 16 yoshli qaynukasini pichoqlagani haqida xabar berilgan edi.

Viloyat prokuraturasining holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berishicha, 12 sentyabr kuni Izboskan tuman "To‘rtko‘l" MFY Xotira ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. oilaviy kelishmovchiliklar tufayli turmush o‘rtog‘i R.SH, qaynonasi R.M va qaynukasi R.X. bilan janjallashib, ularga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, turmush o‘rtog‘i R.Sh va qaynonasi R.M hodisa joyida, qaynukasi R.X. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 12 sentyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida A.A.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!