Andijonda voyaga yetmagan yigitlar jinoyat joyida qo‘lga olindi

Andijonda voyaga yetmagan yigitlar jinoyat joyida qo‘lga olindi

Andijon viloyati. 2022 yil 16 yanvar kuni soat 11:00 larda voyaga yetmaganlar 16 yoshli YU.X. va 15 yoshli N.A.,lar o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, oldindan jinoiy til biriktirib, Qo‘rg‘ontepa tumani Iftixor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli M.F.,ning yashash xonadoniga darvozasi ochiqligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, uyning yotoqxonasidagi shkafini ichida bo‘lgan 2.500 AQSh dollari va 8.570.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida, ushbu manzilda xizmat olib borayotgan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, ulardan ashyoviy dalil tariqasida 2.500 AQSh dollari va 8.570.000 so‘m pullar rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmaganlar YU.X. va N.A.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!