Andijonda uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol qo‘lga olindi

Andijonda uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol qo‘lga olindi

Andijon viloyati Xonobod shahrida ayol uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, 27 aprel kuni Xonobod shahar Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Jarayon davomida Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ayol M.M. 250 ming so‘m pul evaziga bir nafar erkak M.B. va ayol S.B.ga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib berib, fohishaxona saqlab kelayotgani aniqlangan. Olib borilgan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davomida M.M.dan xolislar ishtirokida 150 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!