Andijonda uy-joy qurish uchun 150 mln. so‘m kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Andijonda uy-joy qurish uchun 150 mln. so‘m kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Fuqaro tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 million so‘m kredit ajratib berish hamda hech qayerda ishlamasa-da ish xaqi hisoblanganligi haqida ma’lumotnoma olib berish evaziga pora talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.J. boshqa bir fuqaro A.ga tanishlari yordamida tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 mln so‘m kredit ajratib berish hamda hech qayerda ishlamasada ish xaqi hisoblanganligi haqida ma’lumotnoma olib berish evaziga jami 1 900 AQSh dollari va 280 ming so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!