Andijonda o‘smir yigit jinoyatchilarni ushlab berdi

Andijonda o‘smir yigit jinoyatchilarni ushlab berdi

Andijon viloyatida 2020 yilning 16 oktyabr kuni soat taxminan 19:30 larda 19 yoshli K.X., B.I., X.M. va 18 yoshli S.U.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib talonchilikka qo‘l urishdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ular Andijon tumani Chem MFY hududidan o‘tuvchi «Andijon-Asaka» avtomobil yo‘lida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida 16 yoshli B.I. ga tegishli bo‘lgan bir dona «Iphone X» rusumli telefon apparatini foydalanish maqsadida B.I.dan so‘rab olib «Matiz» rusumli avtomashinada hodisa joyidan qochib yashirinishga urinishgan. Shu vaqtda B.I. va uning otasi avtomashinaning ortidan yetib olib, qonunbuzarlarni ushlashga muvofaq bo‘lishgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.X., B.I., X.M. va S.U.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 166-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida K.X., B.I., X.M. va S.U.larning yana bir qator jinoyatga aloqadorligi aniqlanib, hozirda ushbu holatlarga ham huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!