Andijonda o‘qituvchilarni, Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarini majburan ishlatgan rahbarlar jazolandi

Andijonda o‘qituvchilarni, Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarini majburan ishlatgan rahbarlar jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasida 2021 yil 17 aprel kuni birlashma xodimlari binoning atrofida tozalik va obodonlashtirish ishlariga ishga jalb etilganligi hamda 2021 yilning 26-27 aprel kunlari Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda texnik xodimlarini maktabni kapital ta’mirlashga tushgan qismida ishlashga majburlanganligi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilingan edi.

Mazkur holatlar hududiy Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilib, tegishli mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari  miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!