Andijonda o‘qituvchi o‘quvchisini kaltakladi

Andijonda o‘qituvchi o‘quvchisini kaltakladi

Bugun, 19 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Paxtaobod tumani 13-maktab o‘quvchisi kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Paxtaobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, mazkur holat 28 aprel kuni Paxtaobod tumanidagi 13-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi A.R shu maktabning rus-tili fani o‘qituvchisi S.J.ning sinfxonaga kirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga qo‘pol ravishda javob qaytarganligi sababli ro‘y bergan. O‘qituvchi S.J.ning o‘quvchi A.R.ning qo‘pol muomalasiga javoban o‘quvchining ko‘z qismiga urib, tan (bir marotaba) jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan o‘sha vaqtdayoq tuman XTB tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha o‘rganilgan va rus-tili fani o‘qituvchisi S.J.ga o‘quvchi A.R.ga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani sababli tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Bundan tashqari S.J. maktabning ichki tartib qoidalariga rioya etishi bo‘yicha qat’iy ogohlantirilib, o‘quvchi A.R maktab ichki tartib qoidalariga rioya etmagani va ustozlariga nisbatan odob-axloq qoidalariga zid ravishda muomala qilgani sababli tushuntirish ishlari olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!