Andijonda uchta uy portlagani rostmi?

Andijonda uchta uy portlagani rostmi?

Bugun, 6 fevral kuni soat 14:26 da Andijon tumani, «Gumbaz» MFY, Zilol ko‘chasida joylashgan xonadonning taxminan 50 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonayotganligi to‘g‘risida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in soat 14:35 da qurshab olinib, 14:50 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va halok bo‘lishi holatlari qayt etilmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon tumani Hakan qishlog‘ida 3 ta uy portlabdi» degan gap rad etildi, voqea joyida portlash ro‘y bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!