Andijonda tuman IIB va MIB boshliqlari hokim ko‘z o‘ngida mushtlashgani aytilmoqda

Andijonda tuman IIB va MIB boshliqlari hokim ko‘z o‘ngida mushtlashgani aytilmoqda

Joriy yilning 12 iyun kuni Telegram ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumanida tuman hokimi B.Yo‘ldoshev ko‘z o‘ngida tuman IIB boshlig‘i va MIB tuman boshlig‘i o‘zaro mushtlashgani haqidagi xabar chop etilgan.

Xabar yuzasidan Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, 11.06.2022 yilda tuman hokimi B.Yo‘ldoshev Marhamat tumanida sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan yangi “promzona” hududida aholi murojaatlari uchun sayyor qabul tashkil etgan.

Sayyor qabul jarayonida tuman IIB va Byuroning Marhamat tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan va tadbir yakuniga qadar o‘zaro kelishib olishgan.

Hozirda, o‘ranish ishlari davom etmoqda va natijasi haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!